Apple 2016 yilda ikkinçi marta dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasi nomini Alphabet (Google'ning egasi) xoldingiga boy berdi. Bunga Apple'ning asosiy hamkorlaridan kompaniyaga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlar sabab böldi. Bu haqda Market Watch naşri ma'lum qildi. 

Alphabet Inc. xoldingi 12 mayda Amerika fond bozorlarining oçilişida Apple korporatsiyasini kapitalizatsiya böyiça quvib ötdi.  Savdoning oçilişida ikkala kompaniyaning kotirovkasi kamaygan, biroq iPhone işlab çiqaruvçisining bozor narxi şiddatliroq pasayib ketdi: 12 may 18:45 holatiga köra, Google qoğozlarining bahosi 0,6 foizga, Apple'niki esa 2,5 foizga tuşib ketgan. Bu paytda Google kapitalizatsiyasi 495,9 milliard dollarni, Apple kapitalizatsiyasi esa 492,6 milliardni taşkil qildi. 

Savdo oçilişida Apple aksiyalari donasi 3,1 foizdan 89,5 foizga tuşib ketdi, bu oxirgi ikki yildagi minimal körsatkiç, deyiladi manbada. Dunyodagi eng yirik iPhone yiğuvçisi bölgan Tayvandagi Foxconn Technology kompaniyasining daromad va foydasi tuşişi investorlar umidsizligiga sabab bölmoqda.

Foxconn'ning 2016 yil birinçi çoragidagi sof daromadi 847 million dollargaça tuşib, 9,2 foizga qisqardi. Bu investorlarning dunyo miqyosida iPhone sotuvi pasayib ketişi bilan boğliq xavotiriga sabab böldi.