Joriy yilning birinçi çoragida Rossiyaga yengil avtomobillarning importi ötgan yilning xuddi şu paytidagiga qaraganda 45,7 foizga, 52,7 ming maşinagaça tuşib ketdi. Bu haqida Federal bojxona xizmati ma'lum qilgan. 

Hisobot davrida Rossiyaga 1,017 dollarlik avtomobillar olib kirilgan. Uzoq xorij mamlakatlaridan 987,5 million dollarga 51,2 ming maşina, MDH davlatlaridan - 1,5 ming avtomobil import qilingan. 

Yuk maşinalarining importi yanvar-mart oyida umumiy qiymati 158,8 million bölgan 3,4 mingni (-38,2 foiz) taşkil qildi. Ulardan 69,1 million dollarlik 2,7 ming yuk maşinalari uzoq xorijdan keltirilgan, 89,6 million dollarlik qolgan 600 maşina - MDH davlatlaridan.

Rossiyadan yengil avtomaşina eksporti 2016 yilning uç oyida umumiy hajmi 220 million dollarlik 16,9 (-22,8 foiz) mingni taşkil etadi. Uzoq xorij mamlakatlariga 119,4 million dollarlik 4,1 ming maşina, MDH mamlakatlariga - 100,6 millionlik 12,8 ming avto jönatilgan. 

Yuk maşinalari eksporti 21,9 foizga qisqarib, 2,5 ming maşinani taşkil qildi. Uzoq xorij mamlakatlariga 52,9 million dollarlik 1,6 ming fura, MDH davlatlariga - 16 million dollarlik 900ta yuk maşinasi jönatilgan.