Google kompaniyasi öz qidiruv tizimi örnatilgan iOS operatsion tizimi uçun Gboard klaviaturasini öylab topdi.
Google blogida e'lon qilingan videolavhada mualliflar, döstlar bilan çatda muloqot qilayotgan vaqtda biron axborot qidiriş muammosi haqida söz yuritib, kompaniya bunga yeçim topilganini aytgan. Uning yordamida, foydalanuvçilar qidiruv natijasi, Google’dan olingan suratlar, gif-tasvirlar va matnlarni döstlari bilan ulaşişi mumkin.
Klaviatura har qanday mesenjyer va ilovalarda işlaydi. Ayni vaqtda, Gboard’ni faqat iOS’ning amerikalik foydalanuvçilari amalda qöllay olişadi. Ammo yaqin orada boşqa davlatlarda ham paydo bölişi kutilmoqda.
Bundan avval, Google’ning yana bir taşabbusi, ya'ni foydalanuvçilarni çalğituvçi ma'lumotdan işonçliroq himoya qilişni kuçaytirmoqçi ekani haqida xabar qilingan edi. Buning uçun Safe Browsing nuqtasi bosilib, sahifani yangilaş lozim böladi.







