Cessna 208 samolyoti 12 may kuni Kaliforniya ştatida avariyaviy qönişni amalga oşirgan. Samolyot Fresno şahri yaqinidagi uzumzorga oyoği osmondan bölib qöngan. Bu haqda TASS xabar qildi.
AQŞ Federal aviatsion boşqarma ma'lumotiga köra, uçuvçi hamda 17 nafar paraşyutçi mö'jiza tufayli omon qolgan.
“Paraşyut sporti markazi aerodromidan uçib çiqqandan ozgina vaqt ötib bir motorli Cessna 208 samolyotida tuzatib bölmas nosozlik yuzaga kelgan”, - aniqlik kiritdi boşqarma rasmiy vakili Yan Gregor.
Uning aytişiça, uçuvçi havoda samolyotni burib ortiga qaytmoqçi bölgan, biroq aerodromdan 1,6 kilometr uzoqlikda majburiy noodatiy qönişni amalga oşirişga majbur böladi.







