Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi eng yomon yöllardan biri ta'mirdan çiqarildi. Bir neça kun avval, Mehrjon köçasi böylab ötuvçi tramvay yöli demontaj qilingan bölsa, kuni keça uni asfaltlaş işlari yakunlandi. 

Mehrjon köçasi nafaqat tramvay yöllari, balki deyarli har qadamda uçraydigan öra va çuqurliklari bilan ham haydovçilar orasida maşhur. Yoğingarçilik vaqtidagi ahvoli yanada açinarli bölar, avtomobillar göyoki kölda suzişga majbur bölişardi. 

Bugungi kunda yöl yangiça körinişga ega böldi. Asfalt qatnov qismiga mohirona yotqizilgan. Işçilarning sözlariga köra, tez kunlarda yöl çiziqlari çiziladi, örtasiga temir tösiq örnatiladi.