Diyora Dovudova (ism-familiyalari özgartirilgan) Örtaçirçiq tumanida “Töytepa taksi” mas'uliyati çeklangan jamiyati taşkil qiladi. MÇJning faoliyatini qonuniy olib boriş örniga u “ğirrom”likni kasb qiladi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

D.Dovudova özi boşçilik qilayotgan jamiyatning yana ikki xodimi Naima Murodova hamda Ma'mur Kabirovlar bilan jinoiy til biriktiradi va MÇJga heç qanday aloqasi bölmagan 13 ta “Damas” avtomobillarining davlat raqamlari hamda boşqa belgilarini tender hujjatlariga kiritib, uşbu hujjatlarni qonuniylaştiriş uçun jinoyatga qöl uradilar. Ya'ni ular Zangiota tumanidagi notarial idoralardan birining imzolarini hamda muhrlarini soxtalaştirib, tenderda qatnaşiş uçun hujjat tayyorlaydilar. Uşbu jinoiy guruh mana şunday noqonuniy yöl bilan “Töytepa-Alimkent” yönalişi uçun ötkazilgan tender tanlovida ğolib çiqişadi. Ammo soxtakorlik uzoqqa bormaydi. Hujjatlarni tekşirişlarda ularning qilmişlari foş etildi.

Jinoyat işlari böyiça Örtaçirçiq tuman sudi D.Dovudova, M.Kabirov hamda N.Murodovalarga qilmişlariga yaraşa jazo tayinlab, hukm çiqardi.