Yaponiyaning Nissan Motor avtomobilsozlik kompaniyasi Mitsubishi Motors’ning 34 foiz aksiyasini xarid qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Mazkur bitim imzolangudek bölsa, Nissan Mitsubishi Motors’ning boş aksioneri böladi.
Uning narxi 200 milliard iyenaga (hozirgi kurs böyiça 1,8 milliard dollar) baholanişi mumkin. Bloomberğning ma'lum qilişiça, Nissan raqibining 33 foiz aksiyasini sotib olişi ehtimol. Uning bozor narxi 1,5 milliard dollarga yaqin turadi.
Yapon OAVda Mitsubishi Motors direktorlar kengaşi Nissan nazoratiga ötiş borasida bir töxtamga kelgani haqida xabarlar paydo bölgan. Nissan rahbariyati esa taklifni 12 may kuni körib çiqadi.
Bloomberg manbalarining ta'kidlaşlariça, Mitsubishi’da hissa sotib oliş imkoniyatini boşqa kompaniyalar, xususan, Pekinning BAIC Motor kompaniyasi ham körib çiqmoqda. Mitsubishi Motors bilan boğliq yoqilği mojarosi uşbu savdolar ehtimoliga sabab bölmoqda.
Ma'lumki, 20 aprel kuni kompaniya rahbariyati Yaponiya transport vazirligiga topşirgan murojaatida, avtokonsern kiçik litrajli avtomobillar yoqilği sarfiga oid sinov jarayonlari natijalarini qalbakilaştirganini tan olgan edi.
Kelgusi kun Yaponiya hukumati Mitsubishi Motors’ning Okadzakidagi boş qarorgohida tekşiruv ötkazgandi. Buning natijasida Mitsubishi aksiyalari qiymati 40 foizdan köproqqa tuşib ketdi.







