Jamiyat | 18:51 / 13.05.2016
19999
1 daqiqa o‘qiladi
Ra'no Shodiyeva ilmiy ish yoqlash bahonasida savobli ishga qo‘l urdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra'no Shodiyeva O‘zbekiston Davlat San'at va Madaniyat institutining magistrlik bo‘limida tahsil olib, ayni damda “Qo‘g‘irchoq teatrining imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalashda tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy ish yoqlamoqda.
“Nima uchun bu mavzuni tanlagansiz?”, degan savolga aktrisa quyidagicha javob berdi:
“Chunki o‘zim imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlayman. Teatrda mazkur mavzuda ilmiy ish qilishga imkoniyatim borligi uchun ham aynan shu mavzuga qo‘l urdim”.
Ma'lumot uchun: Aktrisa JAiKA sayyohlik kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan loyihada ishtirok etib, surdo(imo-ishora) tili bo‘yicha 3 oy davomida tahsil olgan.