23 iyul kuni «Ijtimoiy iş töğrisida»gi qonun qabul qilindi. Hujjat ijtimoiy iş sohasida yagona huquqiy mexanizmni belgilab, ijtimoiy masalalarni hal etişda profilaktik yondaşuvni joriy etişni nazarda tutadi.
Qonunga muvofiq, professional ijtimoiy xodimlar poliklinikalar, maktablar, bandlik markazlari, sudlar, içki işlar organlari va jazoni ijro etiş muassasalarida faoliyat yuritadi.
Endilikda oilalar va fuqarolarning ijtimoiy yordamga muhtojlik darajasi faqat ularning daromadiga qarab emas, balki hayotiy vaziyatini kompleks baholaş asosida aniqlanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan har bir fuqaro yoki oila uçun individual qöllab-quvvatlaş rejasi işlab çiqiladi.
Mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi etib Ijtimoiy himoya milliy agentligi belgilandi.
Qonunda Vazirlar Mahkamasi, ijro etuvçi hokimiyat organlari va mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari hamda mas’uliyati belgilangan. Şuningdek, ijtimoiy yordam körsatiş jarayonida mahallalar, nodavlat notijorat taşkilotlari, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning iştirok etişi nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, hujjat bilan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam turlari, fuqarolar va oilalarni ijtimoiy himoyaga muhtoj deb e’tirof etiş tartibi, ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni taqdim etiş va töxtatiş asoslari hamda uni moliyalaştiriş manbalari belgilandi.
Qonunda ijtimoiy xodimlarning huquqiy maqomi, ularga beriladigan ijtimoiy kafolatlar va faoliyati bilan boğliq çeklovlar ham mustahkamlab qöyildi.
Hujjat 2026 yil 23 iyuldan kuçga kirgan.








