22 iyul kuni AQŞ va Saudiya Arabistoni Ar-Riyodga AQŞ texnologiyalaridan foydalangan holda uranni boyitiş hamda yadro reaktorlarini qurişga ruxsat beruvçi kelişuvni e’lon qilgan edi. Bu kelişuv Vaşington Eron oldiga qöygan BMTning tösatdan ötkaziladigan tekşiruvlarini nazarda tutmaydi.
Payşanbaga kelib AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social'dagi sahifasida şunday deb yozdi: «Fuqarolik yadroviy kelişuvi (Materiallarni boyitiş bölmaydi!)... faqat Eron va BAA (va boşqalar) ega bölgani kabi noharbiy foydalanişga taalluqli bölib, tasdiqlanadi. Ammo, u töliq - Saudiya Arabistonining juda hurmatli va muvaffaqiyatli 'Ibrohim kelişuvlari'ga qöşilişiga boğliq böladi».

«Qöşma Ştatlar fuqarolik (boyitilmagan) yadroviy ob’yektlariga qarşi emas», dedi Tramp.
Reuters’ga köra, AQŞ prezidenti özining postida aynan nimani nazarda tutgani aniq emas edi. Bu bayonot qurollarda işlatiladigan yuqori darajada boyitilgan uranga taalluqli yoki yöqligi ham noma’lum. Qurol darajasidagi uran taxminan 90 foizgaça boyitiladi, yadro reaktorlari uçun yoqilği esa 6 foizgaça boyitilişi kifoya.
AQŞ Kongressi kelişuv kuçga kirguniga qadar uni körib çiqiş uçun 90 sessiya kuniga ega böladi. Şuningdek, kelişuvning uranni boyitiş qismi böyiça ikki yillik texnik-iqtisodiy asoslaş ötkazilişi közda tutilgan.
Avvalroq, Amerika va isroillik siyosatçilar podşohlikka katta yon berilgan uşbu rejaga qarşi ekanini oçiq aytib kelişayotgandi. Ular Saudiya fuqarolik loyihasidan yadro qurolini işlab çiqişda foydalanişi mumkinligidan xavotirda.
Saudiyaning Vaşingtondagi elçixonasi Trampning uşbu postiga hozirça izoh bermadi. Tramp bitimni Isroil bilan boğlaşidan oldin, Saudiya Arabistoni uşbu kelişuv energiya manbalarini diversifikatsiya qiliş hamda yadroviy xavfsizlik, muhofaza va qurollarni tarqatmaslik böyiça «eng yuqori xalqaro standartlar»ni öz içiga olişini ma’lum qilgandi.


















