RBK gazetasi muharriri Maksim Solyus böşatilişi ortidan sayt muharriri Roman Badanin va boş muharrir Yelizaveta Osetinskaya Solyusga sadoqatini bildirgan holda iste'fo berdi. Bu iste'folar qabul qilingani haqida RBK xoldingi boş direktori Nikolay Molibog rasman ma'lum qilgan.
«Keyingi vaqtlarda biz RBKning kelgusidagi rivojlanişi böyiça köp marta gaplaşdik. Lekin bu muhokamalarda yagona fikrga kela olmadik. Natijada hamkorlikni töxtatiş qaroriga töxtaldik. Men Yelizaveta, Roman va Maksimga ötgan vaqt davomidagi hamkorlik va kompaniya rivojidagi xizmatlari uçun minnatdorçilik bildirişni istardim», — deya Nikolay Molibogning sözlarini keltiradi RBK sayti.
«Vedomosti» naşrining RBK tizimidagi manbasi xabariga köra, Osetinskaya va Badanin ikki tomonlama kelişuv asosida iste'foga çiqqan, Maksim Solyus esa «öz ixtiyoriga qarşi» işdan böşatilgan.

Uşbu mediamenejyerlarning örinlarini kimlar egallaşi haqida biroz keyinroq ma'lum qilinişi aytilgan.
Osetinskaya 2013 yildan buyon RBK boş muharriri sifatida işlab kelayotgandi. U bungaça Forbes jurnalining rusça versiyasida faoliyat körsatgan. U şuningdek, bir muddat "Vedomosti.ru" sayti boş muharriri bölib işlagan.
Solyus 2014 yilning bahorida RBK gazetasi boş muharriri sifatida tayinlangandi. Undan oldin u "Vedomosti" gazetasida 10 yil davomida boş muharrir örinbosari sifatida faoliyat körsatgan.
Badanin RBK axborot agentligini 2014 yilning yanvaridan buyon boşqarib kelayotgandi. Muqaddam u forbes.ru saytida boş muharrir bölgan.
Aprel oyida Osetinskaya AQŞga ketgandi. U avvaliga jamoaga avgust oyida işdan ketişi haqida ma'lum qildi, keyinroq bu iş may oyidayoq röy berişini bildirdi.
Keyingi vaqtlarda RBK xoldingi Vladimir Putinning qizi va kuyovining "Panama mojarosi"ga aralaşgani haqidagi materiallari tufayli Kreml bosimi ostida qolgani böyiça miş-mişlar bildirildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Peskov esa bunday gaplarni inkor qildi va milliarder Mixail Proxorovga tegişli bölgan «Oneksim» guruhi ofisida ötkazilgan tekşiruvlar RBK tahririyati siyosati bilan boğliq emasligini aytdi.







