RF Mehnat vazirligi Rossiyada elektron mehnat daftarçalarini yölga qöyiş ustida iş olib bormoqda. "Komsomolskaya pravda" xabar beradi.

Bu yangilik kadrlar bölimidagi işlarni osonlaştiradi, qoğozbozlikni qisqartirişga imkon yaratadi. Xodimlar töğrisidagi barça şaxsiy ma'lumotlar pensiya jamğarmasiga elektron körinişda yuboriladi. 

"Elektron mehnat daftarçalarini yölga qöyiş masalasi va umuman bu mavzu muhokama qilinmoqda. Biz şu iş ustida işlayapmiz hamda bu masalada nima qiliş mumkinligi haqida boş qotiryapmiz", - dedi Mehnat vaziri örinbosari Lyubov Yeltsova.

Davlat dumasi majlisida u yengillaştirilgan tizimni 15 kişidan kam işçisi bölgan mikrokorxonalarda sinab körişmoqçiligini aytdi. Ulardan qoğoz körinişidagi mehnat daftarçalarini yuritiş talab qilinmaydi.