Butunjahon boks assotsiatsiyasining öta oğir vazn toifasida jahon çempioni özbekistonlik Ruslan Çagayev navbatdagi jangini puertorikalik Fres Okendoga qarşi ötkazişi kerak, deya xabar qilmoqda TASS agentligi Çagayev menejyeri Timur Dugazayevga asoslangan holda.
"12 may kuni bizga Braun unvonidan mahrum etilgani va yarim yilga çetlatilgani töğrisidagi uyuşma rezolyutsiyasi yetib keldi. Ruslan hozirda Amerikada. Assotsiatsiya bizga Okendo bilan jang şartlarini kelişib olişimiz uçun 3 oy berdi. Ruslanda oğir vaznlilar turnirining finaliga çiqiş uçun yaxşi imkoniyat bor, şu bois işlaşda davom etiş kerak", degan Dugazayev.
WBA öta oğir vazndagi jahon çempionligi belboğini Çagayevga qaytargan, uning endilikda sobiq sohibi avstraliyalik Lukas Braun doping iste'mol qilgani uçun olti oyga boksdan çetlaştirilgan. Braunning "B" doping probasi natijasi oşkor qilingaç, şunday qaror qabul qilingan edi.
Braun 5 mart kuni WBA çempionligi uçun Grozniy şahrida bölib ötgan jangda özbek boksyori Ruslan Çagayevni 10 raundda texnik nokaut bilan mağlub etgan edi. Keyinçalik Braunning öyindan keyin topşirgan doping tekşiruvi klenbuterolga ijobiy natija bergan. Avstraliyalik boksçi jangdan oldingi doping tekşiruvi salbiy çiqqaniga asoslangan holda Grozniyga "toza" kelganini ta'kidlagandi. Keyinçalik boksçi, "B" doping idişini oçişni talab qilgan, u ham sportçida taqiqlangan modda borligini isbotlagan edi.







