SVOJJDLQK departamentining Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda tillafuruşlarning jinoiy qilmişiga çek qöyildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda. 

Fuqarolar Ğ.Aliyev va T.Zokirovlarning (ism-familiyasi özgartirligan) departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasiga yöllagan yozma murojaati böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida M.Mamadaliyev va R.Toyirovlarning qilmişi foş böldi. Ular fuqarolarga tamğali 10 rubl qiymatdagi jami 30 dona sariq metall tangalarni 15 ming AQŞ dollariga sotayotganda uşlanib, tangalar aşyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan M.Mamadaliyev va R.Toyirovlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, sud tomonidan qonuniy jazo tayinlandi.