Fors körfazi hududida istiqomat qiluvçi kişi tomoşabinlar uni "Körfaz Örgimçak-odami" deb ataşlari uçun ikki qavatli uyning tepasiga 19 soniyada örmalab çiqqani tasvirga olindi.

Mahalliy naşrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan YouTube tarmoğidagi videorolikda arablarning an'anaviy "dişdaş" libosi va "amoma" boş kiyimini kiygan kişi uyning tepa qismiga çiqiş uçun quruq qöllaridan foydalanganini köriş mumkin. 

"Bu Körfaz Örgimçak odami", dedi bir tomoşabin.

"Agar u bu könikmalarini öğrilikda qöllasa, ustasi farang öğri bölişi mumkin", - deb hazillaşdi boşqasi. 

Naşrlarda uşbu kişining Fors körfazi hududidagi qaysi mamlakatidan ekanligi ma'lum qilinmagan.