AQŞ prezidentlarining yangi samolyoti Boeing 747 bölişi kutilmoqda. Pentagon samolyotni işlab çiqişga buyurtma berdi, "Birinçi raqamli bort" 2024 yilda parvoz qilişi möljallangan. 

Amerikada yangi prezident saylovlariga tayyorgarlik ketayotgan bir paytda AQŞ harbiy havo kuçlari (HHK) yangi prezidentni dunyo böylab olib yuradigan "Birinçi raqamli bort"(Air Force One) samolyotini işlab çiqişga kirişib ketişdi.  

AQŞda asosiy bortlarni almaştiriş tez-tez röy beradigan hodisa emas, bu samolyotlar aniq bir prezidentga moslab qurilmaydi. Bugungi kunda Barak Obamaga Boeing 747-200B modifikatsiyali ikkita samolyot xizmat körsatmoqda.  

2015 yilning yanvarida Boeing 747-8 yangi prezidentlik samolyoti bölişi töğrisida ma'lum qilingan edi. 

Agar samolyotni yiğiş reja böyiça ketsa, AQŞning bölajak prezidentlaridan biri 2024 yilda undan xizmat safarlarida foydalanadi. Samolyot 30 yilça xizmat körsatişi közda tutilmoqda.

Ikki samolyot ham mamlakatning birinçi raqamli kişisi xavfsizligi va qulayligini ta'minlaş maqsadida sönggi texnologiyaga binoan jihozlangan. Samolyotlarning umumiy qiymati oşkor etilmadi. Oq uyning rasmiy saytida joylaştirilgan hujjatlarga köra, bugungi kunda prezident foydalanayotgan samolyotlar kuçli elektromagnit zarblarga çidamli elektronika bilan boyitilgan. 

2010 yilda HHK hisobotiga asosan ikki Boeing 747-8 samolyoti ham tezkor uçişga 56 foiz tayyor bölişi mumkin, hozirgi Boeing 747-200 esa 28 foiz.