Fransiyalik didjyey Devid Getta futbol böyiça Yevropa çempionati uçun tayyorlangan rasmiy qöşiqni namoyiş qildi.
Trek prevyusini musiqaçi YouTube portalidagi akkauntiga joylaştirgan.
This One's For You nomli qöşiq Warner Music Russia kompaniyasi tomonidan 13 may kuni şvetsiyalik qöşiqçi Zara Larsson hamda millionlab muxlislar ovozi iştirokida yozilgan.
Bir neça oy davomida istagan kişi öz ovozini didjyeyga yozib qoldirgan, Gettaning aytişiça, qöşiq tayyorlanişida milliondan oşiq fragmentdan foydalanilgan.
Yevro-2016 turniri 10 iyundan 10 iyulgaça Fransiya şaharlarida ötkaziladi.







