AQŞning Florida ştatida it 7 yoşli qizça va uning buvisini şaqildoq ilonning çaqişidan asrab qoldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Qizça va keksa ayol öz uylaridagi hovuz yonida bölganlarida ularning hovlisiga ilon kirib qolgan. Uy egalarining Xaus laqabli nemis ovçarkasi zotidagi iti ilonni payqab qolib, qiz va uning buvisini ilondan himoya qilgan.

Zaharli jonzot itni çaqib olgan. Ovçarka oğriqdan uvillab, oqsoqlana boşlagan. U zudlik bilan veterinarga olib borilgan.  Klinikada şifokor itning tanasida ilon çaqqan uçta izni aniqlagan. 

Şaqildoq ilon xavfli ilonlardan hisoblanadi, uning zahri odamning ölişiga olib kelişi mumkin. Ilonning bunday nomlanişiga uning dumida öziga xos, harakatçan segmentlardan iborat şaqildoği borligi sabab bölib, bu şaqildoq bir tomondan ikkinçi tomonga tebranganda, undagi segmentlar bir-biriga tegib, öziga xos tovuş çiqaradi.