Bundan roppa rosa 20 yil muqaddam, töğriroği 1996 yilning 11 mayida yer şarining eng baland nuqtasi bölmiş Everestni zabt etişga ahd qilgan 8 nafar alpinist xalok bölgan edi. Tahlilçilarning sözlariga qaraganda, 1996 yil davomida dengiz sathidan 8 ming 848 metr balandlikda bölgan mahalliy aholi tomonidan Jomolungma deb ataluvçi Everstga çiqmoqçi bölgan 15 kişi halok bölgan. Öşa yilning 10 may kuni bir vaqtning özida ikkita ekspeditsiya — “Toğ telbaligi” (Mountain Madness) va “Sarguzaştlar böyiça maslahatçilar” (Adventure Consultants) 8 kilometrlik balandlikka yöl olişdi. Har ikki ekspeditsiya tarkibida umumiy hisobda 30 kişi bor edi. Ulardan olti nafari tajribali alpinist-gid bölib, 8 nafari mahaliy şerp elati vakillari, 16 nafari esa sayyohlar edi. Mahalliy şerp elati vakillarining yaxşi tayyorgarlik körmagani bois har ikki guruh oqşom tuşişi bilan yarim yölda töxtaşga majbur böldi. Kuçli böronning boşlanişi oqibatida ekspeditsiya a'zolarining ayrimlari yöldan adaşib qoladi. Ekspeditsiya a'zolaridan biri noqulay ob-havo şaroiti tufayli tepalikda qolib ketganlarini öz xoliça qidirişga bel boğlaydi. U uç kişini topişga muvaffaq böldi. Keyinçalik olti kişining jasadi topildi. Ammo ikki nafar alpinistning jasadi topilmaydi.

Ilk bor Everest 1953 yilda zabt etilgan. Şundan beri toğ yuzlab alpinistlarning umriga zomin böldi. Şu sababli ham mahalliy aholi Everestni ölim toği deb ataşadi. 1953 yildan şu kunga qadar çöqqiga çiqiş maqsadida yölga otlangan 200dan ortiq kişi halok böldi. Şunga qaramay har yili Everest tomon örtaça 500 kişi yöl oladi. 2014 yilgi ma'lumotlarga köra şu kunga qadar 4042 alpinist çöqqiga kötarila olgan. Şundan 2829 nafari Everestga bir neça bor çiqqan. Çöqqiga asosan bahor va kuz oylarida çiqiladi.
Şu yilning 11 may kuni şerp elatining vakili Sherra Gialgen (Sherra Gyalgen) Nepalda 2015 yil 25 aprelda yuz bergan kuçli 7,9 magnitudaga teng zilziladan keyin ilk bor Everest çöqqisiga çiqdi. (Öşa yili yuz bergan zilzilalar oqibatida 9 ming kişi halok bölib, 22 mingdan ortiq kişi jarohat olgan edi). Bu xaqda Nepal toğ turizmi uyuşmasi ma'lum qildi. Bundan avval yaponiyalik alpinist Nobukazu Kuriki çöqqiga çiqmoqçi edi, ammo uning urinişlari samarasiz yakunlandi.

Xitoy va Nepal xududlarida joylaşgan Everest uç burçakli piramidani eslatadi. Jomolungma Nepal Sagarmatxa milliy boğining tarkibiy qismi hisoblanadi. Toğ çöqqisida soniyada 55 metrga teng kuçli şamol esib turadi. Tibet tilidan tarjima qilinadigan bölsa “Jomolungma” “Şamollar xukmdori (jomo xukmdor), (rlung şamol) degan ma'noni anglatadi. Uning boşqa “Jomo Kang Kar” degan nomi ham bor. Buning ma'nosi (jo-mo-gangs-dkar - “oq qorlar xukmdori” degan ma'noni anglatadi. Inglizlar çöqqini 1830-43 yillarda Britaniya Hindistoni geodeziya xizmatiga rahbarlik qilgan Jorj Everest (George Everest, 1790—1866) nomi bilan ataşadi. Bu boradagi taklif 1856 yilda Jorj Everestning merosxöri Endryu Vo (Andrew Waugh, 1810—1878) tomonidan ilgari surilgan edi. U öz xodimi hindistonlik matematik va topograf Radxanat Sikdarning 1852 yilda “XV çöqqisi”ni tadqiq qilib, nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda eng baland ekanini isbotlab berganidan keyin çöqqiga Everst nomini beriş kerak, degan taklif bilan çiqdi. Oradan yuz yil ötib, ya'ni 50-yillarda hindistonlik topograflar zamonaviy texnologiyalar bilan Jomolungma çöqqisini ölçab çiqişdi. 1975 yilda esa xitoylik olimlar çöqqi balandligini ölçaşdi. 1998 yilda Amerika ekspeditsiyasi GPS yordamida çöqqining balandligi 8 ming 850 metrga teng ekanligini aniqlaşdi. Şu tariqa çöqqi 19 asrda belgilanganidan 11 metr baland bölib çiqdi. Italiyalik geolog Ardito Dezio zamonaviy radioapparaturalardan foydalagan holda çöqqi balandligini örganar ekan, 8 ming 872,5 metr ekanligi borasida bayonot berdi. Biroq hozirça amerikalik va italiyalik olimlarning fikri rasman tan olinganiça yöq.










