Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) boş kotibi lavozimini birinçi marta ayol kişi egalladi. Taşkilot prezidenti Janni Infantino kongress yiğilişida Senegal vakili Fatma Samurani FIFAning yangi boş kotibi sifatida taniştirgan.
"Biz FIFAni ikki asosiy qismga ajratişni istaymiz: futbol va ma'muriyat. Birinçi qism futbolga sport turi sifatida qarab uning rivojlanişi masalalari bilan şuğullanadi. Ma'muriyat esa taşkilotning moliyaviy masalalari bilan şuğullandi", degan FIFA prezidenti taşkilotdagi islohotlar rejasi haqida gapirib.
"Men şuningdek bugun sizlarga yangi boş kotibimiz, senegallik Fatma Samurani taniştirmoqçiman. U menda şu vaqtgaça uçratgan kişilarim orasida barçadan ham köra ajoyibroq taassurotlar qoldirgan", deya qöşimça qilgan Infantino.
Şu tariqa, Samura xonim FIFA tarixidagi ilk ayol boş kotibga aylandi.
Şu vaqtgaça Markus Kattner FIFA boş kotibi sifatida vaqtinçalik faoliyat yuritib kelgandi. U ötgan yil oxirida futboldagi faoliyatdan 12 yilga çetlaştirilgan Jyerom Valkening örnini egallagandi.







