Feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi Maslahat.uz guruhida özbek blogerlaridan biri Maqsudxon Salomov "Toşkentda soat neça?" nomli postini joylaştirdi.
Toşkent kuranti Toşkent şahrining öziga xos ramzi hisoblanadi. 1947 yil 30 aprelda qurib bitkazilib, foydalanişga topşirilgan uşbu inşoot ança mustahkam bölib, 1948 va 1966 yilgi zilzilalarga ham bardoş bergan.
- Biz öqiydigan universitet Amir Temur xiyoboni yonida joylaşgani uçun Toşkent kurantini haftada deyarli har kuni köraman. Uç kundan beri esa kurant minoralarining biridagi soat ikkinçisidagi soatdan 10 minut oldinga ötib ketganligini köryapman. Quyidagi suratlarda siz ham buni körişingiz mumkin, - deya ma'lum qildi Toşkent Davlat Yuridik Universiteti talabalaridan biri.
Toşkent kuranti. 2016 yil, 14 may, soat 10:00.
Yuqoridagi suratda kurantning öng tarafdagi minora soati 10:00, çap tarafdagi minora soati 10:10 vaqtini körsatgan.
Çap tarafdagi minora

Öng tarafdagi minora

Kurant minoralaridagi soatlarning uç kundan beri töğrilab qöyilmaganiga qaraganda, ularning biri 10 daqiqa oldinlab ketganini köpçilik, şu jumladan, Toşkent şahri ma'muriyati ham payqamagan.
Yuqorida söz yuritilgan holatlar TDYuU talabasi Hamidulla Ziyoyev tomonidan suratga olingan.
Töliq ma'lumot: maqsudxon2.blogspot.com blogida








