Yamayka terma jamoasi tarkibida yengil atletika böyiça bir neça karra olimpiyada çempioni hamda “Mançester Yunayted” jamoasi işqibozi Useyn Bolt jamoa boş murabbiyi Lui van Gal haqida öz fikrlarini aytib ötdi.

«Men yillar davomida, toki jamoaga van Gal kelgunga qadar “MYu”ni qöllab-quvvatlab kelganman. Men hatto unda öynaşni istardim.

Öylaymanki, köpçilik futbolçilar uning qöli ostida maydonga tuşişni istaşmaydi. Futbolçilar van Gal bilan işlaşni istamaydi.

U “Mançester Yunayted” öynay olmaydigan öyin taktikalarini tuzadi. Jamoa hujumkor jamoa, u oşirib öynaşni yoqtiradi.

Men van Gal yomon murabbiy demoqçi emasman, ammo u “MYu”ga aniq tuşmaydi», — dedi Bolt.