"Barselona" Ispaniya çempionatining joriy mavsumdagi oxirgi turida 0:3 hisobida "Granada"ni mağlub etib, çempionat ğolibiga aylandi. Uçraşuvda Luis Suares xet-trik amalga oşirib, özining joriy çempionatdagi gollari sonini 40 taga yetkazib qöydi.
"Barsa" bu unvonga öz tarixida 24-marotaba va ketma-ket ikkinçi yil sazovor böldi.
"Real" esa mehmonda "Deportivo"ni 0:2 hisobida yutdi hamda 2-örinni egalladi. "Qaymoqranglilar" safida gollarni 1-bölimda Kriştianu Ronaldu kiritdi. Portugal tanaffus paytida almaştirildi.

Ispaniya Primerasi. 38-tur
Granada – Barselona – 0:3
Gollar: Suares, 22 (0:1); Suares, 38 (0:2); Suares, 86 (0:3).

Deportivo – Real Madrid – 0:2
Gollar: Ronaldu, 7 (0:1); Ronaldu, 25 (0:2).









