Ispaniya hukumati Sesenya va Valdemoro munitsipalitetlarida istiqomat qiluvçi ön minglab aholini köçirişga qaror qildi. Bunga, aholi turarjoylari örtasida joylaşgan yirik işlatilgan avtomobil şinalari uyumida vujudga kelgan yonğin sabab bölgan. U yerda 100 mingdan ortiq şina töplangani xabar qilinmoqda. 

Rasmiy ma'lumotlarga binoan, yonğin natijasida heç kim jabrlanmagan, biroq hudud ustida paydo bölayotgan zaharli tutun bulutlarini şamol atrofga tarqatmoqda. 

Ayni vaqtda yonğin sabablari örganilmoqda, ekspertlar şinalar uyumiga qasddan öt qöyilganini ham inkor etişmayapti. Çunki, bir neça kun avval, mintaqada yomğirli ob-havo hukm surgan. 

Voqea joyida öt öçiriş bölinmalari va vertolyotlar yordamida yonğinni bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Mahalliy hukumat vakillarining aytişlariça, buning uçun bir neça kun talab etiladi. 

Şifokorlarning taşqariga çiqmaslik töğrisidagi tavsiyalariga qaramay, hududda yaşovçi aholi vakillari sayrga çiqib, turli suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylaştiriş bilan bandlar.