AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp özining saylovoldi kampaniyasiga qöşimça 100 mln dollar berilişi bilan kafolatlandi.
Bu mablağlarni AQŞning eng boy odamlaridan biri, kazino egasi Şeldon Adelson taqdim qilmoqçi, deb xabar bermoqda The New York Times naşri.
Gazeta ma'lumotlariga köra, Tramp va Adelson joriy haftada uçraşişdi va qöşimça xayr-ehsonlar haqida kelişib olişdi.
Bu yordam milliarderga juda asqatadi, çunki u şu paytgaça öz kampaniyasini şaxsiy mablağlari va tarafdorlarining kamtarona xayr-ehsonlari hisobiga moliyalaştirib kelmoqda. Yaqinda siyosatçi saylovoldi kampaniyasiga qöşimça 1 mlrd dollar talab etilişi mumkinligini aytgandi.
82 yoşli Adelson Las-Vegasdagi Sands kazinosiga egalik qiladi va AQŞ Respublikaçilar partiyasining eng yirik homiysi hisoblanadi. U 2012 yilda partiya ehtiyojlari uçun 98 mln dollar ajratgan.
Naşr ma'lumotlariga köra, magnat hozirda partiyaning Kongressdagi fraksiyasiga yordamni kamaytirib, barça e'tiborini Trampga qaratişga qaror qilgan.







