Özbek şou-biznes olamida yana bir yulduzli juftlik paydo böliş arafasida körinadi. Öziga xos yönalişi bilan qança köngillarni zabt etgan Şohruxxon 5 iyun kuni böydoqlar safini tantanali ravişda tark etadi.
Garçi minglab qizlar örnini egallaşga tayyor baxtli kelinning ismi sir tutilayotgan bölsa ham, aslida uning kimligi kundek ravşan deyiş mumkin.
Sönggi vaqtlarda Asal Şodiyevani Şohruxxon bilan birga uçratiş oddiy holatga aylangan. Ular qançadan qança klip, kinolar va marosimlarda hamkorlik işlarini olib borişgan. Biroq alohida ijod paytida ham ularni yonma-yon köriş mumkin edi.
Yaqinda premerasi bölib ötgan “Majnun”, “Vahşiy” filmlarida Asal Şodiyeva boş rolni ijro etgan bölsa, Şohruxxon ayni şu kinolar saundtrekini kuyladi.
Qolaversa, artistlarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham ularning birga tuşgan suratlari yuklangan.
Yana kim bilsin... Şou-biznes vakillari kutilmagan yangiliklarga boy. Kelin kim ekanidan qat'iy nazar, Şohruxxonga xotirjam turmuş, bardavom baxt tilab qolamiz.







