Ahmedxajayev Azim Isroiloviç “Asaka” Aktsionerlik tijorat banki boşqaruv raisi etib tayinlandi. UzDaily xabariga köra, Özbekiston Vazirlar Mahkamasi 11 may kuni tegişli qaror çiqargan.
Uşbu lavozimga tayinlangunga qadar, 2011 yildan buyon Ahmedxajayev Özbekiston taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boşqaruv raisining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi.
Endi u 2016 yilning fevral oyida vazifasidan ozod etilgan Qahramon Oripovning örnini egalladi. Oripov 2007 yilning aprelidan buyon bankka rahbarlik qilgandi.
1995 yili taşkil etilgan "Asaka" banki Özbekistonning eng katta ikkinçi tijoriy banki hisoblanadi. Uning asosiy aksiyadorlari — Moliya vazirligi (54 foizdan ortiq), "Özavtosanoat" kompaniyasi (qariyb 13 foiz), Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi (qariyb 13 foiz), Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi va "Özbekiston temir yöllari" kompaniyasidir.
Bank sayti ma'lumotlariga köra, 1 aprel holati böyiça, “Asaka” ATB jami aktivlari 8,1 trillion sömni, jami kapitali esa 955,7 milliard sömni taşkil etadi.







