Monopoliyaga qarşi qonunçilikni buzganligi uçun Yevropa komissiyasi Google kompaniyasiga 3 milliard yevro miqdorida jarima tayinlaşi mumkin. Bu haqda The Sunday Telegraph xabar qildi.
Nazorat qarori yaqin haftada ma'lum qilinadi.
Yevrokomissiya tergovi 2010 yil oxiridan boşlab davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi hukumati Google Yevropa qidiruv bozorida özining yetakçilik maqomini suiiste'mol qilayotganidan şubhalangan.
Yevrokomissiya kompaniyani yillik daromadining 10 foizigaça miqdorda jarimaga tortiş ehtimoli mavjud.
Naşr xabariga köra, bu holatda Google jarimasi 6 milliard dollardan ortişi mumkin.
Hozirgi kunda monopoliyaga qarşi qonunçilikni buziş böyiça Yevropa komissiyasi tomonidan Intel kompaniyasi eng yirik jarimaga tortilgan. 2009 yili kompaniya raqobatçilik qoidalarini buzganlikda ayblanib, 1 milliard yevro jarima tayinlangan.







