Angliya Premer-ligasining oxirgi turidan qoldirilgan «Mançester Yunayted» — «Bornmut» uçraşuvi 17 may kuni ötkaziladi.
Bu uçraşuv 15 may kuni turninn barça uçraşuvlari kabi Toşkent vaqti bilan soat 19:00da boşlanişi kerak bölgan, ammo tribunalardan biri hududidan topilgan şubhali buyum tufayli muxlislar evakuatsiya qilinib, öyin noma'lum muddatga qoldirilgandi.
«Mançester Yunayted» jamoasining tvitterdagi sahifasida keltirilişiça, uçraşuv 17 may kuni Toşkent vaqti bilan soat 23:55da boşlanadi.
Qayd etiş kerakki, «qizil iblislar» turnir jadvalida 4-öringa kötariliş uçun faqat nazariy jihatdan imkoniyat saqlab turibdi. Ayni vaqtda törtinçi örinni egallab turgan «Mançester Siti»ni quvib ötiş va keyingi mavsumda YeÇLda öynaş huquqini qölga kiritiş uçun Lui van Gaal şogirdlari oxirgi uçraşuvda kamida 19ta töp farqi bilan ğalaba qozonişi talab etiladi.







