Ilğor tadqiqotlar Xalqaro maktabi mutaxassislari miya saratoni tajovuzkor ösmalaridan biri – glioblastomani davolaşda samarali yordam beruvçi gen terapiyasi usulini işlab çiqdi. Tadqiqot natijalari Oncotarget tibbiyot naşrida çop etilgan. Bu haqda SISSA saytiga asoslanib, RIA Novosti xabar qildi. 

Davolaşning asosiy kaliti bölib Emx2 nomi bilan maşhur gen xizmat qiladi. U glial hujayralardan biri – astrotsitlar ösişini embrional davridayoq bartaraf etişga javob beradi.

Tajribalar şuni körsatdi-ki, Emx2 genini faollaştiriş saraton hujayralari ösişiga samarali tösqinlik qila oladi, çunki gen oltita turli nuqtalarda metabolizm jarayoni buzilişiga yordam beradi. 

Saratonning ösma rivojlanişini susaytiruvçi terapiyaga çidamliligi zararli hujayralar davolanişga qarşilik körsatiş uçun foydalanadigan köp sonli aylanib ötiş yöllari bilan izohlanadi. Emx2 geni ta'sir etganda esa glioblastomaning rivojlanişi amri mahol. 

Olimlar uşbu yangilik saraton ösmalarining zararli turlariga qarşi kuraşda qöl kelişiga işonç bildirişgan.