AQŞning Massaçusets texnologik instituti olimlari Şeffild universiteti va Tokio texnologik instituti olimlari bilan birgalikda odamning içki a'zolarida işlovçi robot yaratişdi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, qurilma odamning içidan yutib yuborilgan turli yot jismlarni çiqarişda yordam beradi. 

Oxirgi yilda amerikaliklar kiçkina batareykani yutib yuborgan 3,5 mingdan köproq holat qayd etilgan.

Bir bola kiçkina batareykani köp marta yutib yuborgani sababli 65 marta operatsiya qilingan.

Robot yutiş uçun oson bölib, u kapsulaga joylaştiriladi. Kapsula oddiy dori kabi yutiladi. Odamning içida kapsula eriydi va undan çiqqan robot esa öz işini boşlaydi. Robot harakatlanişi uçun kiçkina suzgiçlar bilan jihozlangan.

Qurilmaga maxsus magnit örnatilgan bölib, şifokorlar uning yordamida robotni boşqara oladilar.

Hozirça robot yutib yuborilgan hamda oşqozonning şiliq qavatida yoki içakda tiqilib qolgan yot jismlarni olib çiqa oladi. Biroq vaqti kelib uning imkoniyatlari şunçalik darajagaça oşiriladiki, u odam içida jarrohlik operatsiyalari ötkaza oladi, misol uçun, içakdagi şikastlanişlarni tika olişi mumkin.

Robot odam organizmidan tabiiy yöl bilan çiqib ketadi.