Samsung kompaniyasi qurilma displeyidagi tasvirni biron narsaning yuzasiga (misol uçun, devor) proyektrlaştiruvçi va gadjyet interfeysini esa foydalanuvçining qöliga uzatib beruvçi texnologiyaga ega bölgan «aqlli» soatlarga patent oliş uçun ariza topşirdi. Bu haqida AndroidHeadlines naşri xabar beradi.
Bunday texnologiya foydalanuvçi uçun soatlarning virtual interfeysini özining bilaklariga eng kerakli bölgan tugmalarni joylaştirgan holda uzatib beradi.
Taxmin qilinişiça, bunday «aqlli» soatlarni proyektr sifatida foydalanib, biron-bir yuzaga ekrandagi ma'lumotni uzatiş ham mumkin böladi: masalan, devor yoki stol.
Bundan taşqari, patent arizasidagi ma'lumotga köra, soatlarni virtual reallik şlemlari bilan sinxronlaştiriş imkoniyati mavjud.
AndroidHeadlines naşrining yozişiça, patent oliş uçun ariza 2014 yilning noyabr oyida berilgan, ammo ommaga bu yangilik faqatgina hozirgi kunlarda ma'lum böldi.
Naşrning ta'kidlaşiça, kompaniya bu texnologiya ustida bir yarim yildan beri iş olib borayotganligiga kafolat yöq. Har doim ham patent oliş qurilmaning işlab çiqarilişi va bozorda paydo bölişidan dalolat bermaydi, deb xulosa qiladi AndroidHeadlines.







