Sanobar Nodirova köp yillardan buyon Jomboy tuman xalq ta'lim muassasalarini metodik ta'minlaş va taşkil etiş bölimi maktabgaça ta'lim metodisti vazifasida işlab kelayotgan edi. Bir kuni u 25-maktabgaça ta'lim muassasasi mudirasi Malika Normurodovaga qönğiroq qilib, yuqoridan tekşiruvçilar kelgani, harajatlar köpayib ketgani, şuning uçun 150 ming söm bermasa bölmasligini aytdi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Malika Sanobarga bunça pul topolmasligini aytib, uni insofga çaqirmoqçi böldi. Ammo Sanobar uni eşitişni ham istamadi. Ertasiga Malika Sanobarni xonasidan topolmagaç, unga qönğiroq qilib, 100 ming söm olib kelganligini aytdi. Pulni töliq olib kelmaganligidan jahli çiqqan Sanobar Malikaga pulni kotibaga taşlab ketişini tayinladi.
Oradan ança vaqt ötib, Sanobar Malikani yana xonasiga çaqirdi. Bu gal u gapni salobat bilan boşlab, tekşiruvçilar kelganligini, xarajat kattaligi va yordam qilmasa bölmasligini aytib, daftariga bir nimalarni yozib hisob-kitob qila boşladi. Uning yana pul sörayotganidan jahli çiqqan Malika, avvaliga Sanobarning gaplari nima bilan tugaşini kutib, sabr bilan eşitdi. “Mana, hisoblab çiqdim”, dedi Sanobar xonadagi jimlikni buzib va Malikaga 300 ming söm berişi kerakligini aytdi.
Malika jahldan qizardi, ammo indamadi. Pulni olib kelişga va'da berib, xonadan çiqib ketdi. Uç kun davomida Sanobar unga pulni olib kelişi kerakligini eslatib turdi. Obdon öylab, bir qarorga kelgan Malika Sanobarning oldiga keldi va pulni olib kelib berolmasligini qat'iy ohangda aytdi.
Sanobar Malikaning qöliga qoğoz-qalam tutib, işdan böşaş haqida ariza yozişga majbur qildi. “Işlayman, desangiz tartib şu. Bölmasa joyni böşatib qöying, joyingizga köz tikkanlar köp”, dedi Sanobar.
Malika ham haqini birovga berib qöyadiganlardan emas edi. U darhol bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qildi. Ertasiga Sanobar Malikadan aytilgan 300 ming sömdan 200 ming sömini olayotgan paytda aşyoviy dalil sifatida qölga olindi.
Sud hukmi bilan Sanobar Nodirovga birinçi bor sudlanayotgani, qilgan jinoyatidan çin köngildan puşaymonligi va boşqa yengillaştiruvçi holatlar inobatga olinib, jazo tayinlandi.







