Fan-texnika | 11:48 / 16.05.2016
7701
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram’da yuborilgan xabarlarni tahrirlash imkoni paydo bo‘ldi

15 may kuni Pavel Durovga tegishli Telegram messenjeriga xabarlarni tahrir qilish imkoniyati kiritildi. Ushbu funksiyani shaxsiy yozishmalarda ham, guruh suhbatlarida ham qo‘llash mumkin. Bu haqda xizmatning rasmiy blogida xabar qilingan. 

Yangi funksiyadan iOS va Android ilovalarida, shuningdek, messenjerning desktop-versiyasida ham foydalanish mumkin. 

Xabarni o‘zgartirish uchun o‘sha xabarni belgilab “Tahrir qilish” (“Redaktirovat”) tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Xabarlarni yuborilgan kundan boshlab ikki kun davomida o‘zgartirish mumkin. 

Guruh suhbatlarida esa @ belgisi va ishtirokchilar ro‘yxatidan kerakli odamni belgilab suhbatdoshga ishora qilish imkoni tug‘ildi. Bu holatda ko‘rsatilgan odamga, u ushbu suhbatda bidirishlarni o‘chirib qo‘ygan bo‘lsa ham, bildirishnoma keladi.