Uşbu xabar dastlab mudofaa sohasiga ixtisoslaşgan Defence Security Asia portalida paydo böldi. Naşrning da’vo qilişiça, "2025 yil 2 iyulda dastlabki ikkita J-10CE samolyoti Toşkentga yetib kelgani fakt".
Manbada aytilişiça, Özbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Şuhrat Xolmuhammedov «jami 24 ta samolyotga şartnoma tuzilgani, yetkazib beriş bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi va özbek uçuvçilari Xitoyda qayta tayyorgarlikdan ötayotgani» haqida ma’lum qilgan.

Yangi «törtta samolyot» haqidagi xabar esa hozirça faqat xitoy tilidagi ijtimoiy tarmoq akkauntlari va harbiy kuzatuvçilarning postlarida uçraydi. Mudofaa sohasiga ixtisoslaşgan naşrlar, xususan Meta-Defense bunday xabarlarga ehtiyotkorlik bilan yondaşişga çaqirmoqda. Çunki zavod hududida suratga olingan samolyot hali armiya xizmatiga qabul qilingan texnika, degani emas.
Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan Özbekiston mudofaa vazirligi rasmiylari ham bu masala böyiça «heç qanday ma’lumot yöq»ligini aytiş bilan çeklandi.
J-10CE qanday samolyot?
Tahlilçilarga köra, texnik jihatdan bu qiruvçi samolyot Özbekiston armiyasini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqadi. Bir örinli Chengdu J-10CE – 4,5 avlod qiruvçi samolyoti bölib, 2 Max – 2300 km/soat tezlikka çiqa oladi. U faol fazali antennaga ega radar (AESA) bilan jihozlangan bölib, bir vaqtning özida bir neçta nişonni kuzatiş va ularga zarba beriş imkonini beradi. Özbekiston harbiy havo kuçlarida foydalanayotgan, sovetlardan qolgan MiG-29 va Su-27 samolyotlaridagi eski radarlar bunga qodir emas.
Xitoy qiruvçisining asosiy quroli - PL-15E raketasi 100 kilometrdan ortiq masofada nişonlarga möljalga oladi. Qiruvçida 11 ta osma nuqta (hardpoins) - qurol va uskunalar ilinadigan tugunlar bor. Ularga havo-havo, havo-yer va havo-kema tipidagi qurollarni iliş mumkin. Bu esa samolyotga turli nişonlariga zarba berişda universallik beradi.
















