Suriyaning Rossiya harbiy kosmik kuçlari yordamida IŞID jangarilaridan ozod qilingan qadimgi Palmira şahri tarixiy körinişi 3D-modellaş yordamida qayta tiklanişi mumkin, deb yozmoqda The Times naşri. 

Xabarlarga köra, Fransiyaning Iconem kompaniyasi mutaxassislari, şaharda  ötkazgan suratga oliş işlari va kompyuter yordamida modellaştirişdan söng, Palmira inşootlari barpo etilgan köplab toşlar butunligini aniqlaşgan. 

Mutaxassislar kompyuter simulyatsiyasi vositasida eski suratlar kömagida tarixiy binolarni tiklay olişgan. Şundan söng, ular portlaş natijalarida atrofga tarqalib ketgan toşlarni, asl joylariga qiyoslagan. Bu rekonstruksiya çoğida toşlarni töğri joylaştirişga asos böladi. 

Bundan avval, Davlat ermitaji rahbari va Rossiya muzeylar ittifoqi prezidenti, Mixail Piotrovskiy, Suriya hukumatining Palmirani tiklaş rejasi mavjudligi xususida ma'lum qilgan edi.