Ötgan kun davomida Uzoq Şarq hududida 50dan ortiq tabiiy yonğinlar qayd etildi. Olov 5,5 ming gektar örmonni qamragan.
Duşanba kuni tongiga qadar 17ta yonğin öçoği bartaraf etildi. Bu haqda Uzoq Şarq federal okrugi böyiça örmon xöjaligi departamenti ma'lumotiga asoslanib, RIA Novosti xabar qildi.
“17ta yonğin öçoği bartaraf etildi, 33ta yonğin öçoğini öçiriş işlari davom etmoqda”, - deyiladi departament xabarida.
Aniqlanişiça, ötgan kun davomida eng köp yonğin Amur viloyatida kuzatilgan. Bu yerda 5,24 ming gektar maydonda 25ta yonğin öçoği aniqlandi. Duşanba tongi holati böyiça 15ta yonğin öçoği hamon bartaraf etilmagan. Xabarovsk hududida 150 gektar maydonda 11ta yonğin yuzaga keldi. Şuningdek, Yoqutistonda törtta, Saxalinda bitta yonğin holatlari qayd etilgan.
Yonğinni bartaraf etiş uçun mingdan ortiq kişi va deyarli 170ta texnika jalb etilgan.







