Noyob murdagul hisoblanmiş mortitsiya - 100 kilogrammli vazn, uç metrli gulkosa diametriga ega gigant - Texasdagi Galveston şahridagi boğda gulladi. Bu haqida matbuot xizmati xabar berdi.
Bu dunyodagi eng yirik gul, uning kamdan-kam gullaşi diqqatga sazovor hodisa hisoblanadi; ba'zan u 100 yilda bir oçiladi. Ötgan safar bu gul 2012 yil AQŞdagi Kornell universiteti boğida gullagan.
Tabiat qöynida amorfofallus qaçonlardir faqat Sumatra orolida gullagan, biroq gulni ajabtovur körinişi va ğalati hidi tufayli "murdagul", "ilon palmasi" deb atagan aborigenlar tomonidan deyarli yöq qilingan.
Murdagullar gullaş davri juda qisqa, ular atigi 2-4 kun gullaydi. Gullaş sikli örtasidagi vaqt ikki yildan yigirma yilgaça çözilişi mumkin, şu bois boğbonlar ularning mortitsiyasi tört yilda oçilganiga juda xursand bölişdi.
Moody Gardens rahbariyati mamlakat ziyoratçilari bu noyob guldan bahramand bölişi uçun uşbu hafta botanika boğining murdagul gullagan qismida iş soatlarini biroz uzaytirdi.







