Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga yangi rektor tayinlandi. Kun.uz saytining universitetdagi manbasi bergan xabarga köra, Bahodir Hodiyev yana universitet rahbarligiga qaytgan.

Bahodir Hodiyev 2014 yilning aprelidan boşlab fan, ta'lim va madaniyat masalalari böyiça Özbekiston prezidenti davlat maslahatçisi sifatida işlagan. U bu lavozimda 2013 yildan beri işlab kelgan, 2015 yilning 10 aprelidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori etib tayinlangan Jahongir Ismoilov örniga tayinlangandi.

Hodiyev 2015 yilning iyulidan Yoşlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari böyiça majmua rahbari hamda tegişli ravişda boş vazir örinbosari sifatida iş boşlagandi.

Endilikda u 2014 yilning aprelidan buyon universitetga rahbarlik qilib kelgan Boltaboyev Maxmudjon Rustamoviçning örnini egallagan.

Boltaboyev Maxmudjon 2014 yilning aprelida Alişer Vahobov Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorligidan Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga, Bahodir Hodiyevning örniga tayinlanganidan keyin uning örnini egallagandi. 

Hodiyev 2010 yil martidan 2014 yilning apreligaça vazirlikka rahbarlik qilib kelgan – vazirlikdan avval Hodiyev ham TDIUda rektor sifatida işlagan (2006-2010 yy).

Toşkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Özbekistonning iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni yetiştiruvçi oliy ta'lim muassasasidir. Hozirda oliygohda taxminan 7,000 nafar talaba öqimoqda.

Universitet 6ta fakultet (Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisoboti va audit, Iqtisodiyotda axborot tizimlari, Bank işi, Xalqaro turizm, Menejment) hamda 21ta kafedrani özida jamlagan.