Saudiya Arabistoni AQŞ moliya vazirligining ğaznaçilik obligatsiyalarida 116,8 mlrd dollar uşlab turadi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda va AQŞ hukumati 40 yilda ilk marotaba Saudiya Arabistoni oldidagi qarzi miqdorini oşkor etişga qaror qilganini ta'kidlab ötdi.

Çop etilgan ma'lumotlarga köra, Saudiya Arabistoni amerika bondlarini uşlab turuvçi yetakçi önta davlatdan biridir. AQŞ kredit obligatsiyalarini uşlab turuvçi eng yirik davlat Xitoy (1,3 trln dollar) va Yaponiya (1,1 trln dollar) hisoblanadi.

Agentlikning ta'kidlaşiça, çop etilgan ma'lumotlar javobdan köra köproq savollar keltirib çiqarmoqda. Saudiya Arabistonining zaxiralari 587 mlrd dollarni taşkil qiladi. Davlatlar markaziy banklari amaliyoti quyidagiça: ular öz zaxiralarining uçdan ikki qismigaçasini AQŞ dollarida uşlab turadilar. Zaxiralarning qolgan qismi esa ofşorlarda joylaştiriladi. Agentlik bunga misol sifatida Belgiyani keltirmoqda: bu davlat 143 mlrd dollarrik zaxirasini AQŞ davlat obligatsiyalarida uşlab turadi, bu orada AQŞ davlat obligatsiyalarini saqlovçi rasmiy xitoyliklarning bir qismi buni Belgiya orqali amalga oşiradilar.

AQŞ davlat qarzlarini saqlovçilar haqidagi ma'lumotlarni 1974 yildan beri çop etib keladi, biroq unda Saudiya Arabistoni bondlarni saqlovçi alohida davlat sifatida qaralmagandi. Saudiya Arabistoni doimo OPeK a'zolaridan biri sifatida qaralgan.