Google kompaniyasi Chrome  brauzerida HTML5 foydasiga Flash'dan sekin-asta qutuliş  rejasi haqida e'lon qildi. 

«HTML5 by Default» optsiyasi barça saytlarda avtomatik tarzda yoqiladi, 10ta eng maşhur tarmoqlar röyxati bundan istisno: YouTube.com, Facebook.com, Yahoo.com, Live.com, Twitch.tv, Amazon.com, şuningdek Vk.com, Yandex.ru, Ok.ru va Mail.ru. 

Biroq Flash Player avvalgidek brauzer tomonidan qöyiladi, ammo Flash-kontentning boşqa saytlarda yoqilişi uçun şunga muvofiq plaginni qölda yoqib, sahifani qayta işga tuşiriş kerak böladi. Bir yildan söng kompaniyada Flash avtomatik quvvatini hattoki eng maşhur 10ta saytda ham butkul öçirişmoqçi.

"Flash veb-saytlardagi murakkab kontentlarning aks etişida muhim rol öynaydi. Biroq bugungi kunda HTML5 sahifalarni tezroq oçiş imkonini beradi hamda energetik jihatdan yanada samaraliroq böladi. HTML5 texnologiyasi foydalaniş hamkorligining ajoyib tajribasini namoyiş etişga qodir darajaga yetdi", - deyiladi kompaniya xabarida. 

Bundan avval Google özining tijorat tarmoqlarida Flash-e'lonlardan voz keçişga qaror qilgan edi.