Baker & Hostetler avdokatlik byurosi IBM kompaniyasi yaratgan robot-advokatni işga oldi. Sun'iy ong bankrotlik jarayoni bilan boğliq işlar bilan şuğullanadi, deb xabar bermoqda Futurism.

ROSS deb nom olgan robot IBM tomonidan yaratilgan Watson tizimi negizida işlaydi. Raqamli advokat inson nutqini tuşunadi, axborotni qidira oladi, professional adabiyotga iqtibos keltirgan holda dalil va taxminlar keltira oladi. IBM’ning ta'kidlaşiça, bu dunyodagi ilk robot-advokatdir. 

Sun'iy yordamçi katta hajmdagi ma'lumotni saralab, eng zarurlarini qoldiradi. ROSS şuningdek işlaş jarayonida tezligini oşirib va qöşimça malakalarni egallab takomillaşib boradi. 

Baker & Hostetler’ning axborot texnologiyalari böyiça direktori yangi texnologiyalar advokatlik byurosi taqdim qiladigan xizmatlar sifatini oşirişga yordam berişiga işonç bildirdi.