Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma beş yilligi munosabati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi ta'lim muassasalarida joriy yilning mart-dekabr oylari davomida madaniyat va san'at namoyondalari iştirokida “Kim edigu kim böldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallaşimiz kerak?” mazmunidagi tarğibot tadbirlari respublikamizning otita viloyatidan söng ikkinçi poytaxt atalmiş Samarqandda start oldi.
Tarğibot tadbirlari Madaniyat va sport işlari vazirligi Yoşlar madaniyat va san'at markazi taşabbusi bilan Oliy va örta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi, “Özbekkino” milliy agentligi, “Özbeknavo” estrada birlaşmasi, “Özbekteatr” ijodiy-işlab çiqariş birlaşmasi, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi bilan hamkorlikda 16 may kuni Samarqand viloyatining Samarqand şaharidagi 17 ta umumta'lim maktablari, 25 ta kasb-hunar akademik litseyi va kasb-hunar kollejlari hamda 8 ta oliy öquv yurtida taşkil etildi.

Tarğibotning birinçi kunida viloyatning oliy va örta maxsus öquv yurtlari va umumta'lim maktablaridan jami 14 685 nafar öquvçi yoşlar 90 nafardan ziyod taniqli san'atkorlar bilan uçraşdilar. Şulardan 800 nafari uyuşmagan aholini taşkil etadi.
Belgilangan rejaga qöşimça ravişda Samarqand san'at kolleji konsert zalida uyuşmagan axoli uçun elimiz suygan san'atkorlar bilan konsert dasturi uyuştirildi.
Şu kunning özida Samarqand viloyati “Zarafşon” majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi Ijodkor yoşlar bilan işlaş boşqarmasi boşliği J.Uzakov, Samaqand viloyati hokimining birinçi örinbosarining kotibiyat mudiri S.Sanaqulov, Özbekiston xalq artistlari, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar va madaniyat xodimlari, Özbekiston xalq şoir va yozuvçilari, taniqli san'atkorlar va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, Samaqand viloyati madaniyat va sport işlari boşqarmasi va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida Matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbir davomida tarğibot guruhlari vakillari tomonidan milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan örni, turli diniy-ekstremistik oqimlarga kör-körona kirib ketişning salbiy va ayançli oqibatlari, farzandlarning öz ota-onalari va Vatani oldidagi burçlari, kasb va hunarga ega bölişning ahamiyati töğrisida, vatanparvarlik, mehr-oqibat, yurtga sadoqat kabi mavzularda ma'ruzalar öqib eşitirilib, fikr-mulohazalar bildirib ötildi.










