AQShda O‘zbekiston hunarmandlarining "Kamalakning barcha ranglari" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
AQShning Birmingem shahridagi (Alabama shtati) San'at muzeyida mashhur dizayner Peggi Sleppining "Kamalakning barcha ranglari" kolleksiyasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi matbuot xizmati.
10 iyulga qadar davom etadigan tadbirda ikatning yorqin kolleksiyasi namoyish etilgan bo‘lib, u XIX asrda O‘zbekiston hududida yaratilgan xalatlar, poyafzal, bosh kiyimlar, sumkalar va zargarlik buyumlarini o‘z ichiga olgan.
Yengil sanoatda ikat mato ishlab chiqarishning maxsus texnikasi hisoblanib, unda iplar bevosita mato to‘qishdan oldin bo‘yaladi. Chetlari notekis bo‘lgan o‘ziga xos naqsh ham shu atama bilan ifodalandi.
Oxirgi o‘n yillikda ikat naqshlari liboslar-u mebellardan tortib to dekorativ san'atgacha dizayn sanoatini qamrab olgan.