Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yöl harakati xavfsizligi tizimiga oid yangi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Palata xabariga köra, qonun loyihasi yöl-transport hodisalarining oldini oliş, yöl harakati iştirokçilarining hayoti va soğliğini himoya qiliş, şuningdek, qöpol qoidabuzarliklar uçun javobgarlikning ta’sirçanligini oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Qonun loyihasi bilan, voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş natijasida fuqaroning badaniga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazilgan, odam ölimi yoxud boşqa oğir oqibatlar kelib çiqqan hollarda transport vositasini topşirgan şaxsga jinoiy javobgarlik belgilaş taklif qilinmoqda.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş, avtomototransport vositalari poygasini noqonuniy taşkil etiş va unda iştirok etiş, yuk transport vositalarini tungi vaqtda yöl harakati iştirokçilariga xavf tuğdiradigan holatda yöl çetida qoldiriş, transport vositasini hisobdan çiqariş tartibini buziş, belgilangan tezlikni 80 kilometr/soatdan ortiq miqdorda oşiriş uçun alohida va kuçaytirilgan javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, ma’muriy jazoning yangi turi – avtomototransport vositasini 6 oydan 1 yilgaça muddatga vaqtinça olib qöyiş çorasini joriy etiş taklif qilinmoqda. Mazkur jazo yöl bezoriligi, noqonuniy poyga taşkil etiş, transport vositalarini mastlik holatida boşqariş, mastlik holatini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaş kabi qilmişlar transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan yoki transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxs tomonidan sodir etilganda qöllanilişi belgilanmoqda. Uşbu jazo çorasi qonunda nazarda tutilgan hollarda jinoyat işlari böyiça tuman yoki şahar sudi tomonidan qöllaniladi.
Qonun loyihasida ayrim qöpol qoidabuzarliklar takroran sodir etilganda jarimani çegirma bilan tölaş tartibini muayyan muddat davomida qöllamaslik ham nazarda tutilmoqda.


















