Qon bosimingiz oşsa, haroratingiz kötarilsa yoki belingiz oğrisa, siz aynan oilaviy şifokorga murojaat qilasiz. U soğliqni saqlaş tizimidagi barça murojaatlarning 80% gaça qismini qabul qiladi. Sizga kardiolog kerakmi yoki turmuş tarzini töğrilaşning özi yetarlimi - şuni aynan u hal qiladi. U yillar davomida tibbiy kartangizni yuritadi, oilangiz tarixini biladi, surunkali kasalliklaringizni yodda tutadi.
Ayni paytda oilaviy tibbiyot Özbekistonning diplomdan keyingi ta’lim tizimida rivojlanayotgan mutaxassislik bölib qolmoqda. Endilikda oilaviy şifokor bölişni istagan bitiruvçi birinçi oydanoq klinik integratsiya, xalqaro öquv rejasi va dastur yakunida aniq iş örnini özida jamlagan dasturni tanlaşi mumkin. CAU rezidenturasi aynan şu model asosida qurilgan.
«Oilaviy şifokorlik - boşqa mutaxassisliklarning soddalaştirilgan körinişi emas. Bu öz mantiği, tafakkuri va standartlariga ega bölgan alohida klinik yönalişdir. Biz bu dasturni noldan, öqitiş uçun qulay bölgan narsalardan kelib çiqib emas, balki rezidenturani tamomlaganidan ikki yil ötib oilaviy şifokor qanday bölişi kerak, degan tasavvurdan kelib çiqib yaratdik».
Doktor Asmik Kostyunina, MD, MPH, Central Asian University oilaviy şifokorlik böyiça rezidentura dasturi direktori.

Dastur ikki yilga möljallangan bölib, uning 79% haqiqiy bemorlar bilan işlaşga ajratilgan. U AQŞ, Yevropa davlatlari va Buyuk Britaniyada oilaviy şifokorlarni tayyorlaş böyiça ilğor tajribalarni inobatga olgan holda işlab çiqilgan va Özbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlariga töliq mos keladi.
Birinçi öquv yili fundamental nazariy tayyorgarlik, zamonaviy simulyatsiya markazidagi maşğulotlar hamda şoşilinç tibbiy yordam, akuşerlik va ginekologiya, yuqumli kasalliklar va pediatriya kabi asosiy yönalişlar böyiça klinik rotatsiyalarni öz içiga oladi. Bunday yondaşuv mustahkam bilim poydevorini şakllantiriş, amaliy könikmalarni rivojlantiriş va tajribali ustozlar rahbarligida klinik tajriba orttiriş imkonini beradi.
Öqişning ikkinçi yili çuqurlaştirilgan klinik tayyorgarlikka bağişlanadi. Rezidentlar içki kasalliklar, nevrologiya, xirurgiya, dermatovenerologiya, oftalmologiya va jamoat salomatligi böyiça klinik rotatsiyalarni davom ettirib, tajribali şifokorlar ustozligida bemorlarni tölaqonli mustaqil ambulator qabul qilişni boşlaydi. Dastur yakuniy attestatsiya bilan tugallanadi.















