Joriy yil 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “NewPort” turar joy majmuasida faoliyat yurituvçi mansabdor şaxslar tomonidan Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, “Damariq” MFY, A.Qahhor köçasi 19-uyda yaşovçi fuqarolarga kompensatsiya pullari töliq tölab berilmayotgani va uşbu uy noqonuniy buzilayotgani haqida videomaterial tarqalgan.

Toşkent şahar prokuraturasining ma’lum qilişiça, ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Mega Logistics Servise” MÇJ mansabdor şaxslari yuqorida körsatilgan manzilda yaşovçi fuqarolarni majburiy köçiriş böyiça ijro harakatlari yakunlanmagan bölsa-da, mazkur uyni özboşimçalik bilan buzib taşlaşgani aniqlangan.

Şuningdek, qurilişga tegişli ruxsatnoma olmasdan turib, uşbu hududda 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar joy binolari özboşimçalik bilan qurilgani ma’lum bölgan.

Tekşiruv natijasiga köra, “Mega Logistics Servise” MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat işi tergovi alohida nazoratga olingan bölib, natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, ötgan hafta Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva şahar prokuroriga butun poytaxt böyiça qurilişlarni inventarizatsiyadan ötkazişni buyurgan edi.

“Quriliş uçun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, şaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekşiriş şart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul şaxslarga nisbatan murosasiz jazo çoralari köriladi, aybdorlar, kerak bölsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi”, degandi Mirziyoyeva.