16 may kuni Qirğiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev 2016 yilning 6 aprelida Jöqorğu Keneşi tomonidan qabul qilingan Qirğiziston Respublikasining byudjyet kodeksini imzoladi. Hujjat 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab kuçga kiradi. 

Byudjyet kodeksi önta asosiy bölimdan iborat bölib, unda mamlakatning moliyaviy boşqaruv sohasida yuzaga keladigan huquqiy boşqaruv asoslari belgilab berilgan. 

Byudjyet kodeksi byudjyet tizimi tamoyillarini mustahkamlaydi, ularning mazmun-mohiyatini oçib beradi, şuningdek byudjyet tizimi prinsiplari avvallari byudjyet qonunçiligida körib çiqilmagan tamoyillar röyxatini ham öz içiga oladi. 

Qirğizistonning byudjyet tizimi Respublika byudjyeti, QR Ijtimoiy jamğarma byudjyeti, Majburiy tibbiy suğurta jamğarmasi byudjyeti va mahalliy byudjyetlardan iborat. 

Byudjyet kodeksi loyihasining 6-moddasiga binoan QR Byudjyet tizimi 9ta tamoyilga asoslangan: birlik, töliqlik, natijaviylik va samaradorlik, ustuvor tartib, ketma-ketlik, mustaqil byudjyetlar, mas'uliyat, oşkoralik va byudjyet mutanosibligi. 

Qirğiziston Respublikasining Byudjyet kodeksi loyihasi konsepsiyasini işlab çiqişda boşqa ilğor mamlakatlarning xalqaro tajribasi örganib çiqildi.