18 may kuni Yaponiyaning Itabasi tumanida yo‘lovchi poyezdi o‘z relsidan chiqib ketdi. Mahalliy huquq-tartibot idoralari xabariga ko‘ra, falokat oqibatida hech kim jabrlanmagan.

“Tobudze” temir yo‘lidagi har ikkala harakat ham to‘xtatilgan. Ayni damda vagonlarning relsdan chiqib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma'lumotlar keltirilmagan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Poyezddagi barcha yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan.