BMT Xalqaro Turizm taşkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga köra, Fransiya sayyohlar eng köp taşrif buyuradigan davlat hisoblanadi. Parij şahri esa, turli sörov natijalariga köra, sayyohlar e'tiborini eng köp tortadigan şaharlar beştaligiga kirgan.
Ammo TripAdvisor tomonidan dunyoning eng sevimli va e'tiborga molik joylari röyxatida na Eiffel Tower (Eyfel minorasi) na Fransiyaning boşqa sayyohlik markazlarini körasiz.
Ular orasida, şuningdek, The Statue of Liberty (Ozodlik haykali), Buyuk Xitoy devori yoxud Sydney Opera House (Sidney Operasi binosi)ni ham uçratmaysiz.
Sayyohatçilarga maslahat berişga ixtisoslaşgan TripAdvisor saytida ötkazilgan sörov natijalariga, Travelers' Choice (sayyohlar tanlovi röyxati)da Kambojadagi Angkor Wat (Angkór-Vat) va Vatikanning St. Peter's Basilica(Avliyo Pyotr sobori) joy olgan.
Ammo bu röyxatni, an'anaviy joy nomlari bölmagani bois, qiziqarli deb ataş mumkin.
TripAdvisor’ning izoh berişiça, mazkur röyxat jahondagi közga köringan markazlarga bir yil davomida taşrif buyurgan sayyohlar soni va qoldirilgan fikrlar asosida tuzilgan. Albatta, TripAdvisor jamoasi fikri barçaga tegişli bölmasligi aniq. Şunga köra, quyidagi röyxatni öqib, unga tuzatiş kiritiş sizga havola.
TripAdvisor’ga köra, dunyo aholisining eng e'tiborli joylari:

10. Milan kafedral sobori (Milan, Italiya)

9. Linkoln xotira hafzasi (Vaşington şahri, AQŞ)

8. Alhambra tarixiy majmuasi (Granada, Ispaniya)

7. Spas-na-Krovi ibodatxonasi (Sankt-Peterburg, Rossiya)













